AsosiyJamiyat

Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.

'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

Bugun, 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazifalarni faollar ishtirokida belgilab olish uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi. Davlat rahbari Samarqandga tashrifini taomilga ko‘ra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Prezident tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuqsat maqveyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bino etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni tashkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan. Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinib, majmuada innovatsion muzey tashkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deb e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylashgan. Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablag‘ sarflanish, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari tashkil etildi. Bunda 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur ob’ektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududi obodonlashtirilgan. 2026 yilgacha hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Davlat rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bo‘lganini ta’kidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan so‘nggi obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

    Endilikda talabalardan talab qilinadigan dastlabki kontrakt to‘lovi yarmidan ikki baravarga qisqartirilib, to‘lovlar muddati yanada qulay tarzda qayta taqsimlandi.

    'O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi

    Kuz faslida yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani sababli Muftiy Nuriddin Holiqnazar tashabbusi bilan juma namozidan keyin butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir so‘rab duo va ikki rakat istisqo namozi ado etiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15

    'Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda havo sifati yomonlashuvi fonida tezkor choralarni belgilovchi farmon imzoladi.