Misr poytaxtining Al-Haram ko`chasida ro`y bergan portlash oqibatida 4 nafar polisiyachi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, portlash juma kuni kechqurun Misr poytaxtining tungi klub va kazinolar joylashgan hududida ro`y bergan. Portlovchi qurilma polisiya blokposti yonidagi axlat qutiga tashlab ketilgan.
Portlash ro`y bergan joyni polisiya o`rab oldi va mutaxassislar ish olib bormoqda.





