Uzbekistan Airways samolyotida 15 yanvar kuni texnik nosozlik kuzatildi. Bu haqda avikompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vnukovo xalqaro aeroportida havo kemasida texnik nosozlik vujudga kelgan. Shu sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta aviaqatnovlari majburiy kechiktiriladi.
HY9628/9627/9608 Moskva (Vnukovo)—Farg‘ona—Moskva (Vnukovo)—Buxoro aviaqatnovlari taxminiy harakat jadvali:
- HY9628 — Moskvadan (Vnukovo) jo‘nab ketish 17:25, Farg‘onaga yetib borish 23:40;
- HY9627 — Farg‘onadan jo‘nab ketish 00:50 (16 yanvar), Moskvaga (Vnukovo) yetib borish 03:35 (16 yanvar);
- HY9608 — Moskvadan (Vnukovo) jo‘nab ketish 04:50 (16 yanvar), Buxoroga yetib borish 10:45 (16 yanvar).