AsosiyDUNYO

Italiya prokuraturasi Isroil vaziri Itamar Ben-Gvir ustidan tergov boshladi

Rim prokuraturasi tergovi Ben-Gvirning faollar Isroilning Ashdod portida saqlangan vaqtdagi harakatlariga qaratilgan.

'Italiya prokuraturasi Isroil vaziri Itamar Ben-Gvir ustidan tergov boshladi'ning rasmi

Italiya prokuraturasi Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, surishtiruv G'azo sektoriga insonparvarlik yordamini etkazish maqsadida yo'lga chiqqan gumanitar flotiliya ishtirokchilarining qo'lga olinishi va ularga nisbatan munosabat bilan bog'liq holatlar yuzasidan olib borilmoqda.

Rim prokuraturasi tergovi Ben-Gvirning faollar Isroilning Ashdod portida saqlangan vaqtdagi harakatlariga qaratilgan. Xabarlarga ko'ra, ushbu paytda faollar qo'llari orqadan bog'langan holda ushlab turilgan.

Tergov doirasida Isroil rasmiylarining kemalarni ko'zdan kechirish va faollarni hibsga olish jarayonidagi harakatlari ham o'rganilmoqda. Qo'lga olinganlar orasida Italiya fuqarolari ham bo'lgan. 

Prokuratura ehtimoliy qiynoqlar va odam o'g'irlash bilan bog'liq holatlarni ham huquqiy jihatdan baholamoqda.

Bundan avval Rim prokuraturasi G'azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan flotiliyaning Gretsiya yaqinidagi xalqaro suvlarda to'xtatilishi vaqtida Italiya fuqarolari ushlangani yuzasidan ham alohida tergov boshlagan edi. Bu uchta rasmiy shikoyat ortidan amalga oshirilgan. 

Eslatib o'tamiz, may oyi o'rtalarida Isroil harbiy-dengiz kuchlari G'azo tomon yo'l olgan "Sumud" gumanitar flotiliyasini xalqaro suvlarda to'xtatgan edi. Keyinchalik tarqatilgan videolarda qo'lga olingan faollar tiz cho'ktirilgan, qo'llari plastik bog'ichlar bilan bog'langan holda aks etgani xalqaro maydonda keng muhokamalarga sabab bo'lgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda Itamar Ben-Gvir qo'lga olingan faollar oldidan o'tib, Isroil bayrog'ini hilpiratayotgani ko'ringan. Ushbu kadrlar keskin tanqidlarga uchraganidan so'ng, flotiliya ishtirokchilari ozod qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Husiylar apreldan beri ilk bor Isroilga raketa uchirganini ma'lum qildi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 09:53

    Husiylar apreldan beri ilk bor Isroilga raketa uchirganini ma'lum qildi

    Husiyar qurolli kuchlari tarqatgan bayonotda Qizil dengizda Isroil kemalari harakatlanishiga to‘liq taqiq joriy etilgani ham ma’lum qilingan.

    'Rossiyada Putin xavfsizligi uchun mo'ljallangan maxsus kameralar tizimi vaqtincha o'chirildi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 09:50

    Rossiyada Putin xavfsizligi uchun mo'ljallangan maxsus kameralar tizimi vaqtincha o'chirildi

    Mutaxassislar fikricha, bunday texnologiyalar xavfsizlik sohasida yangi imkoniyatlar yaratayotgan bo‘lsa-da, davlat rahbarlari va strategik ahamiyatga ega shaxslarni himoya qilish vazifasini yanada murakkablashtirmoqda.

    'Anqarada ota 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan tashlab yuborish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 09:43

    Anqarada ota 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan tashlab yuborish bilan tahdid qildi

    Xotini bilan janjallashib qolgan erkak 3 yoshli qizini pichoq bilan garovga olgan.

    'Filippindagi kuchli zilzila qurbonlari soni 19 kishiga yetdi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 09:39

    Filippindagi kuchli zilzila qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

    Tabiiy ofat natijasida 200 nafardan ortiq kishi jarohat olgan.

    'Filippinda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 04:32

    Filippinda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi

    Mahalliy hokimiyat aholini qirg‘oqbo‘yi hududlarini tark etib, balandroq joylarga ko‘chishga chaqirdi.

    'Armanistonda parlament saylovlari yakunlandi'ning rasmi

    DUNYO 08.06.2026 02:32

    Armanistonda parlament saylovlari yakunlandi

    Hozircha ovozlarni sanash jarayoni davom etmoqda.