AsosiyJAMIYAT

Farg‘onada “Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Farg‘onada “Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

Farg'ona viloyatida bir guruh shaxslar “Soliq Mobile” ilovasi orqali davlat budjeti mablag'larini noqonuniy o'zlashtirgani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Departamentning Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqarolar M.X., M.X. va K.I. o'zaro til biriktirib harakat qilgani aniqlangan.

Ular “Telegram” ijtimoiy tarmog'ida turli nomlar ostida guruhlar tashkil etib, ushbu platformalar orqali xarid cheklari uchun taqdim etiladigan keshbek summalarini onlayn tarzda sotish bilan shug'ullangan. Sxema doirasida yettita mas'uliyati cheklangan jamiyat nomidan hech qanday haqiqiy moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmagan bo'lsa-da, mahsulot va xizmatlar go'yoki 3,3 trillion so'mga sotilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, savdodan tushgan mablag'lar onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani haqida soxta ma'lumotlar shakllantirilib, xarid cheklari rasmiylashtirilgan.

Oqibatda 211 ming 584 nafar fuqaro nomiga “Soliq Mobile” ilovasi orqali jami 28,5 milliard so'm keshbek hisoblangan. Uning 3,2 milliard so'mi to'lab berilgan bo'lib, ushbu mablag'lar budjet mablag'larini o'zlashtirish va rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilingani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:14

    Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi

    Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 17:25

    Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin

    Prezident Shavkat Mirziyoyev sudlarda komplaens nazorati tizimi samaradorligini oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    'Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:24

    Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Hodisa haqida 8-iyun kuni soat 13:50 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

    'Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:21

    Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi

    Hodisa vaqtida poezddagi yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar bo‘lmagan.

    'Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 10:47

    Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

    Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Mas’ul idoralar voqea sabablari va oqibatlarini o‘rganmoqda.

    'Sindorov va Asaubayeva Monakodagi “Formula-1” poygasida ko‘rinish berdi.'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 09:45

    Sindorov va Asaubayeva Monakodagi “Formula-1” poygasida ko‘rinish berdi.

    22 yoshli Bibisara Asaubayeva yaqinda Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan nufuzli shaxmat turnirida g‘olib chiqib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempionga aylangan.