Ular orasida storislarni muallifga bildirmasdan ko‘rish — ya’ni anonim rejimda kuzatish imkoniyati ham bor. Shuningdek, obunachilar o‘z «hikoya»sini kim necha marta ko‘rganini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.
Yangi imkoniyatlar qatoridan storislar uchun “Yaqin do‘stlar”dan tashqari cheklanmagan ro‘yxat tuzish, hikoyalarni 24 soat emas, 48 soatga joylash va haftasiga bir marta “Ajratib ko‘rsatish” orqali qamrovni oshirish funksiyalari ham o‘rin olgan.
Ma’lum qilinishicha, Instagram Plus hozircha Meksika, Yaponiya va Filippinda sinovdan o‘tkazilmoqda. Obuna narxi mintaqalarga qarab farq qiladi va taxminan 1–2 dollar atrofida.
Xizmat qachon ommaviy ishga tushishi hozircha ma’lum emas.






