AsosiyJamiyat

Magic Safari bog‘ida qizlarga shilqimlik qilgan shaxsga hukm o‘qildi.

Yangi hayot tumanidagi bog‘da voyaga yetmagan qizlarga nisbatan nomunosib harakat qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi.

'Magic Safari bog‘ida qizlarga shilqimlik qilgan shaxsga hukm o‘qildi.'ning rasmi

Toshkentdagi Magic Safari bog‘ida voyaga yetmagan qizlarga nisbatan shilqimlik qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, 1979 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan Sh.Y. 2026 yil 24 fevral kuni Yangihayot tumanidagi bog‘da qizlarga sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz so‘zlar aytgan, ularni kuzatib, shahvoniy shilqimlik qilgan.

Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan, haqorat qilgan va qochib ketishga uringan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 va 194-moddalari bilan aybli deb topib, 2 mln 60 ming so‘m jarima hamda 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Nodira Hakimova bu kabi holatlarni jinoyat sifatida baholash kerakligini ta’kidlab, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan bunday xatti-harakatlar uchun jazoni kuchaytirish zaruriligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda bunday holatlarda prokuratura qo‘shimcha nazorat o‘rnatib, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa, ish jinoyiy tartibda ko‘rib chiqiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:46

    Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

    So'nggi paytlarda havo tozaligi, chang-to'zonlar va ekologik muammolar barchamizning eng asosiy muhokama mavzuimizga aylandi.

    'Toshkentda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Toshkentda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish rejalashtirilmoqda

    Toshkent shahrida havo sifaatini yaxshilash maqsadida sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda.

    'Andijonda 3 ta yashirin dorixona laboratoriyasi fosh etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:13

    Andijonda 3 ta yashirin dorixona laboratoriyasi fosh etildi.

    Andijon viloyatida aholi salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiruvchi qalbaki dori vositalarini tayyorlash bilan shugʻullangan 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi.

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Meta Instagram учун Instagram Plus премиум-обунасини синовдан ўтказмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    Meta Instagram учун Instagram Plus премиум-обунасини синовдан ўтказмоқда

    TechCrunch ma'lumotiga ko'ra, yangi obuna foydalanuvchilarga bir qator eksklyuziv funksiyalarni taqdim etadi.

    'Pokiston qanday qilib Trump uchun kutilmagan vositachiga aylandi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Pokiston qanday qilib Trump uchun kutilmagan vositachiga aylandi?

    Pokistonning Eron va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi ziddiyatda vositachi sifatida maydonga chiqishi koʻpchilik uchun kutilmagan hol boʻldi.