AsosiySport

Krishtianu Ronaldu 2015 yilda qancha daromad topgani ma`lum bo`ldi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu barcha daromadlari borasida ma`lumotlarni oshkor qildi.

Unga ko`ra Ronaldu 2015 yilda umumiy jihatdan 203 million evro ishlab topgani ma`lum bo`lgan. Hujjatlarga ko`ra hujumchi soliq bo`yicha majburiyatlaridan yaxshi xabardor va ularni to`lig`icha, vijdonan bajarib kelayotgani ta`kidlangan.

Avvalroq, Spiegel nashri Ronaldu agenti Mendesh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`yicha 150 mln evroni yashirganligini xabar qilgan edi. Biroz o`tib, Mendeshning kompaniyasi Ronaldu barcha soliq majburiyatlarini bajarganligi to`g`risida ariza bilan chiqgan.

Futboldagi noqonuniy pul aylanmalariga qarshi kurashuvchi Football Leaks guruhi, yaqin uch hafta ichida ushbu mavzuga oid shov-shuvli ma`lumotlar taqdim etishni va`da qilmoqda.

Boshqa yangiliklar