AsosiyJamiyat

Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

Bu haqdagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

'Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi'ning rasmi

"Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3599, 17.01.2025 y.). Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

 Nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

 Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatdan iborat bo‘lib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari to‘g‘risidagi;
  • majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
  • davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar to‘g‘risidagi;
  • sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to‘g‘risidagi.

 Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2 yil muddat o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi.

 Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga ko‘ra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2024 yilda budjet daromadlari 18,4 foizga ko‘paygan'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 22:07

    2024 yilda budjet daromadlari 18,4 foizga ko‘paygan

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    'Bojxona qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 21:40

    Bojxona qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

    Shu kunga qadar ushbu lavozimida xizmat qilib kelgan Ilhom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda o‘z xizmatini davom ettiradi.

    'Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 20:56

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi

    Ushbu forum Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunida o‘tkazildi.

    'Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 19:30

    Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

    Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    'Nohaq jarima solingan haydovchiga sudda adolat tiklandi'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 19:23

    Nohaq jarima solingan haydovchiga sudda adolat tiklandi

    Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzmaganiga qaramay, fuqaro jarimaga tortildi.

    '“FUTURE OPEN TECHNOLOGY GROUP” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va manfaatdor shaxslar diqqatiga!'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2025 16:42

    “FUTURE OPEN TECHNOLOGY GROUP” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va manfaatdor shaxslar diqqatiga!

    “FUTURE OPEN TECHNOLOGY GROUP”aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2025 yil 8 yanvardagi majlisida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 11 fevralda P1024-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.