Evropa Ligasi 6-tur o`yinlari o`z poyoniga etdi va barcha pley-off ishtirokchilari nomi ma`lum bo`ldi. So`nggi turda yorqin o`yini va samarali natijasi bilan ajralib turgan futbolchilar UEFA tomonidan saralab olindi va ular ramziy terma safiga kiritildi.
Evropa Ligasi 6-turida o`z iqtidori va mahorati, gollar urish qobiliyati va himoyadagi mazmunli o`yini bilan ajralib turgan futbolchilarning ramziy termasi e`lon qilindi.
Quyida Evropa Ligasi 6-tur ramziy terma jamoasidan o`rin olgan futbolchilar bilan tanishing.
Darvozabon: Uoterman (APOEL);
Himoyachilar: Krivsov (“Shaxtyor”), Churuksu (“Osmanlispor”), Bayyi (“MYu”):
Yarim himoyachilar: Tayson (“Shaxtyor”), Mxitaryan (“MYu”), Rienstra (AZ), Soderlund (“Sent-Eten”);
Hujumchilar: Dyuris (“Viktoriya Plzen”), Mussa Sou (“Fenerbaxche”), Eder (“Inter”).





