Ispaniya chempionati 15-turida “Osasuna” jamoasi o`z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qildi. Unda kataloniyaliklar 3:0 hisobida yirik g`alabaga erishdi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida Suares hisobni ochgan bo`lsa, 72-daqiqada Messi hisobni oshirdi. O`yin yakunida yana Messi gol muallifi bo`ldi. Mazkur g`alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari ochkolar sonini 31 taga etkazib, 2-o`rinda qoldi.
"Osasuna" – "Barselona" 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 59 Suares, 0:2 – 72 Messi, 0:3 – 90 Messi.
"Osasuna" – Peres, Ivan Markes, Flano (Garsiya Subiriya, 46), Klerk, de la Kuevas, Sanxurxo (Bonnin, 63), Chaushich, Torres, Berenger, Leon, Riera (Kodro, 70).
"Barselona" – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rafinya, 76), Serdji Roberto, Inesta, Buskets, Turan (Suares, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Sanxurxo (27), Ivan Markes (52), Torres (84).





