AsosiySport

APL. "Liverpul" "Vest Xem" bilan o`yinda ochko yo`qotdi

Angliya chempionati 15-turida "Liverpul" o`z maydonida "Vest Xem" futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Adam Lallana hisobni ochgan bo`lsa, 27-daqiqada Dimitri Payet hisobni tenglashtirdi. 

2 daqiqadan keyin "bolg`achilar" Antonioning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. O`yindagi so`nggi golni Divok Origi 48-daqiqada kiritdi. 

Liverpul – Vest Xem 2:2

Gollar: Lallana, 5, Origi, 48 – Payet, 27, Antonio, 39

Liverpul: Karius – Klayn, Matip, Lovren (Klavan, 46), Milner – Lallana, Xenderson, Veynaldum – Mane, Origi, Firmino.

Vest Xem: Randolf – Nordtveyt, Rid, Ogbonna, Kressvell – Nobl, Obyang – Ayyu (Kerroll, 63), Lansini (Fernandes, 78), Payet – Antonio.

Ogohlantirishlar: Firmino, Manet.

Boshqa yangiliklar