AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda avtokredit foiz stavkalari tushirilishi mumkin

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

'O‘zbekistonda avtokredit foiz stavkalari tushirilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda banklarga kredit berishda avtosalon chegirmalarini hisobga olishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ko‘plab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘lansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga ko‘ra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

Masalan, mashina 100 million so‘m turadi. Agar xaridor birdaniga to‘liq summani to‘lasa, avtosalon 10 million so‘m chegirma berishi mumkin, avtomobilning narxi esa 90 million so‘mni tashkil qiladi. Ammo xaridor avtokredit oladigan bo‘lsa, bank bu chegirmani qabul qilmaydi va kredit to‘liq qiymati – 100 million so‘mdan kelib chiqib hisoblanadi.

Bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.