“FUTURE OPEN TECHNOLOGY GROUP”aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2025 yil 8 yanvardagi majlisida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 11 fevralda
P1024-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra:
- egasining nomi yozilgan, hujjatsiz (naqdsiz) shakldagi, nominal qiymati
1 000 so‘m bo‘lgan 400 000 000 dona oddiy aksiyalardan iborat;
- umumiy qiymati: 400 000 000 000 so‘m;
- joylashtirish usuli: yopiq obuna.
Shuningdek, Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorning
11.5-bandiga asosan:
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risidagi bildirish ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 2 ish kuni ichida ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 (o‘n) kunni tashkil etadi;
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni jamiyatga taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, tugaydi;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar mazkur qarorda belgilangan tartibda joylashtiriladi;
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:Toshkent shahar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 14-uy, tel.: +998 71 200-12-82, elektron pochta manzili: hello@opentech.uz.