AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida erkak 28 yoshli xotinini o‘ldirishda gumonlanib ushlandi

Erkak oilaviy janjaldan so‘ng ota uyiga kelgan xotinini zo‘rlik ishlatib mashinada olib qochib ketgan. Shundan so‘ng ayolning jasadi topilgan.

'Toshkent viloyatida erkak 28 yoshli xotinini o‘ldirishda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatida o‘z xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan erkak qo‘lga olindi. "Millar" teledasturi reportajida ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, 1997 yilda tug‘ilgan ayol o‘limidan 10 kun oldin doimiy janjallar tufayli ayol ota uyiga qaytib kelgan. 8 fevral kuni tunda 1992 yilda tug‘ilgan eri ayolning ota-onasinikiga kelib, uni mashinasiga o‘tqazib, olib ketgan.

Shundan so‘ng ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Uni o‘ldirishda gumonlangan erkak qo‘lga olingan.

"Uni dardi faqat pul bo‘lgan. Dorisi uchun pul kerak bo‘lgan. Qaynonasi ham doim gijgijlab urdirardi. Qizim ularga pul topib kelishi kerak edi. Ularning boquvchisi edi. Himoya orderi berilganiga qaramasdan uyga bostirib keldi. Unga eng oliy, og‘ir jazo berilishini xohlayman. U uyga kelib, qizimni qasddan o‘ldirdi, bolalarni yetim qoldirdi", — dedi marhumaning onasi.

"Qudam oldiga, er-xotin urishadi, deb borsak, o‘ldirib qo‘ymayapti-ku, deb javob berardi", — deydi ayolning onasi.

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov boshlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.