Muloqotda Ukraina borasida Donald Tramp jangovar harakatlarni tezda to‘xtatish zarurligini ta’kidlagan. Vladimir Putin mojaroning asl sabablarini bartaraf etish orqali uzoq muddatli kelishuvga erishish mumkinligini ta’kidlagan.
Tramp o‘z jamoasiga muzokaralarni boshlash uchun “zudlik bilan” ko‘rsatma berishini qayd etgan. Muzokaralarni Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i, Davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi olib boradi.
Putin Amerika rasmiylarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Putin Trampning Rossiya va Amerika birgalikda ishlash vaqti keldi degan fikrini qo‘llab-quvvatlagan.
Suhbatda, shuningdek, Yaqin Sharqda tartib o‘rnatish, Eron yadro dasturi, hamda Rossiya-Amerikaning iqtisodiy munosabatlari muhokama qilingan.
Prezidentlar shaxsiy aloqalarni davom ettirishga, jumladan, uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olishgan. Putin Trampni Moskvaga taklif qilgaye
Suhbat bir yarim soat davom etgan.