Quvaytda joylashgan Ali al-Salom aviabazasiga Eron droni hujum qilishi ortidan 15 nafar amerikalik harbiy yaralandi. Hujum 5 aprel kuni tunda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, yaralanganlarning aksariyati qisqa vaqt ichida xizmatga qaytgan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, Eronga qarshi operatsiya boshlanganidan beri jarohatlangan harbiylar soni 373 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tish joiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan.
Shundan so‘ng Tehron mintaqadagi AQSh bazalariga javob zarbalari bermoqda.






