AsosiyDunyo

Ilon Mask Trampning tvitterdagi sahifasini bloklagani uchun unga 10 mln dollar to‘laydi

2021 yilda Kapitoliy voqealaridan so‘ng Facebook, Instagram va Twitter Trampning akauntlarini bloklagan edi.

'Ilon Mask Trampning tvitterdagi sahifasini bloklagani uchun unga 10 mln dollar to‘laydi'ning rasmi

Ilon Mask Kapitoliy voqealaridan so‘ng Trampning tvitterdagi sahifasini bloklagani uchun unga 10 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. 

Ma’lum qilinishicha, da’vo 2021 yilda Twitter (X) va kompaniyaning o‘sha paytdagi bosh direktori Jek Dorsiga nisbatan qo‘zg‘atilgan edi.

Maskning Trampga yaqinligi va tadbirkorning saylov kampaniyasi davomida 250 million dollar sarflagani sababli sud jarayonini to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvarida Facebook, Instagram va Twitter Donald Trampning akauntlarini bloklagan edi. Ushbu voqea Tramp tarafdorlari AQSH prezidenti saylovi natijalarini tan olmasdan, Kongress binosiga hujum uyushtirganidan so‘ng yuz berdi. 2022 yil noyabrda Twitter'ning yangi egasi Ilon Mask Trampning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini blokdan chiqargan.

    Boshqa yangiliklar