AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga 15 mingta Haj kvotasi belgilangan. Umra ziyoratchilari soniga esa cheklov yo‘q

Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

'O‘zbekistonga 15 mingta Haj kvotasi belgilangan. Umra ziyoratchilari soniga esa cheklov yo‘q'ning rasmi

Bugun,  Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar va boshqa tegishli mutassaddilar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tgan Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia tashrifdan maqsadlardan biri haj va umra tadbirlarini tashkil etish sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilganini bildirgan. 

Uchrashuvda yurtdoshlarimiz uchun haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilib, har yili 15 ming nafar hamyurtimiz hojilik baxtiga musharraf bo‘layotgani, umra ziyoratchilari soni bir necha yuz mingni tashkil etayotgani, ularga bo‘lgan hurmat-e’tibor, shart-sharoitlar borgan sari yaxshilanib borayotgani e’tirof etilgan. 

Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekiston tomonidan bildirilgan takliflarni atroflicha ko‘rib chiqib, ijobiy hal etishda bor imkoniyatni ishga solishini bildirgan. 

    Boshqa yangiliklar