AsosiyDunyo

Urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Ukraina ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas — Zelenskiy

Ukraina Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralariga taklif qilinmadi.

'Urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Ukraina ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas — Zelenskiy'ning rasmi

Zelenskiy kecha Erdo‘g‘on bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuidan so‘ng Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarga izoh berdi. 

Ukraina prezidenti urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Ukraina ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emasligini yana bir bor ta’kidladi. 

"Ukrainadagi urushni qanday tugatish haqida Ukrainasiz qaror qabul qilib bo‘lmaydi. Biz Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralariga taklif qilinmadik. Bu biz va boshqalar uchun kutilmagan holat bo‘ldi", — dedi Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ar-Riyodga rejalashtirilgan tashrifini 10 martga ko‘chirdi va endi AQSH delegatsiyasini Kiyevda kutib olmoqchi.

    Boshqa yangiliklar