AsosiyDunyo

Rossiyada 200 yil avval o‘ldirilgan buyuk adib ishi bo‘yicha tergov boshlandi

Rossiyada 200 yil avval o‘ldirilgan Lermontov ishi bo‘yicha tergov boshlandi.

'Rossiyada 200 yil avval o‘ldirilgan buyuk adib ishi bo‘yicha tergov boshlandi'ning rasmi

Rossiya Tergov qo‘mitasi buyuk rus adibi Mixail Lermontovning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni boshladi, deb ma’lum qildi "RIA Novosti" agentligiga Rossiya xalq artisti va Davlat dumasi deputati Nikolay Burlyayev.

"Tergov qo‘mitasi so‘rovimizga ijobiy javob berdi <…> tergovga jiddiy hamkorlikda tayyorgarlik boshlandi", degan deputat. Keyinroq Tergov qo‘mitasi bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Yanvar oyi oxirida Burlyayev Tergov qo‘mitasiga tegishli ariza bilan murojaat qilganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillar davomida Lermontov olimlari, sud-tibbiyot, ballistika va tibbiyot sohalaridagi mutaxassislar 1841 yilda Lermontov o‘ldirilganidan keyin darhol o‘tkazilgan tergovning adolatsiz va noxolis kechgani haqida bayonot berishdi.

Ma’lumot uchun, Mixail Lermontov 1814 yilda tug‘ilgan. U 1841 yil 27 iyulda (eski taqvim bo‘yicha 15 iyulda) Mashuk tog‘i etagida bo‘lib o‘tgan duelda, 26 yoshida vafot etgan. Adib Pyatigorsk shahrida 25 yoshli iste’fodagi mayor Nikolay Martinov bilan urushib qolgan. Duelda ular to‘pponchadan otishgan. Lermontov havoga o‘q uzgan. Martinov shoirning ko‘ksini mo‘ljallab otib, o‘ldirgan.

Bu Lermontovning ikkinchi dueli bo‘lgan. Bir yil avval, 1840 yilda ham adib tantanali bal - raqs marosimida Fransiya elchisining o‘g‘li bilan urishib qolib, duelga chiqishgan. Otishmada ikkovi ham tirik qolgan.

Yozuvchi, shoir, rassom va harbiy zobit Mixail Lermontov Rossiya imperiyasining Kavkazdagi istilochilik urushlarida qatnashgan. “Zamonamiz qahramoni”, “Bela”, “Qochoq”, “Mtsiri” va “Borodino” kabi adabiy asarlari bilan mashhur. 

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoyda ko‘rshapalak orqali yuqadigan yangi virus aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:25

    Xitoyda ko‘rshapalak orqali yuqadigan yangi virus aniqlandi

    Virus HKU5 koronavirusining yangi avlodi hisoblanadi.

    'Ozarbayjon talabi bilan BBC'ning Bokudagi ofisi yopildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:51

    Ozarbayjon talabi bilan BBC'ning Bokudagi ofisi yopildi

    Biroq ozarbayjon tilidagi reportajlar davom ettiriladi.

    'AQSH Rossiyani “tajovuzkor” deb ta’riflashga qarshi chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2025 20:31

    AQSH Rossiyani “tajovuzkor” deb ta’riflashga qarshi chiqdi

    Avvalroq esa Yevropa diplomatiyasi rahbari “Rossiya hujumi” haqida gapirgan edi.

    'YEI Ukrainaga yangi 6 milliard yevrolik yordam paketini yuboradi'ning rasmi

    Dunyo 20.02.2025 08:22

    YEI Ukrainaga yangi 6 milliard yevrolik yordam paketini yuboradi

    Bu 2022 yildan beri Yevropa Ittifoqining eng yirik harbiy yordamlaridan biri bo‘ladi.

    'Tramp Zelenskiyni diktator deb atab, uni yana keskin tanqid qildi'ning rasmi

    Dunyo 19.02.2025 22:23

    Tramp Zelenskiyni diktator deb atab, uni yana keskin tanqid qildi

    U AQSHni 350 milliard dollar sarflashga ishontirdi, hech qachon yutuqqa erishib bo‘lmaydigan va umuman boshlanmasligi kerak bo‘lgan urushga kirishga majbur qildi, deb yozdi AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

    'Le Pen Fransiyani Trampsiz "yana buyuk qilmoqchi"'ning rasmi

    Dunyo 19.02.2025 15:07

    Le Pen Fransiyani Trampsiz "yana buyuk qilmoqchi"

    Uning fikricha, Fransiya o‘zining ichki va tashqi siyosatini mustaqil ravishda belgilashi kerak.