AsosiyJamiyat

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarga qat’iy tavsiya bilan murojaat qildi.

'Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

So‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda. Bu bo‘yicha Istanbul Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi. 

"Hozirda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqda",-deyiladi xabarda. 

Noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashishning oqibatlari: 

10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi;  

Og‘ir jarimalar va deportatsiya; 

Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum bo‘lish; 

Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlari. 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarlarga turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar