Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirgan.
Uning ma’lum qilishicha, suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama mavzular muhokama qilingan va davlatlar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olingan.
Ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzulari muhokama qilingan.
"O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSH Davlat departamenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib oldik”, deya yozadi vazir.
Shuningdek, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va boshqa mavzular suhbatning asosiy mavzusi bo‘lgan.
“Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni ta’minlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi”, deya yozib qoldirgan vazir.