AsosiyJamiyat

Shifoxonalarga ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratildi

Tizim korrupsiya va turli byurokratik hamda inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga qanday barham beradi?

'Shifoxonalarga ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratildi'ning rasmi

Davlat tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratildi. Bu haqida SSV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Korrupsiya — davlat va jamiyat uchun jiddiy xavf. Shu bois yurtimizda barcha sohalarda, xususan, sog‘liqni saqlash tizimida bu illatga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik hamda inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

 — Xususan, ayni paytda vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, bu boradagi kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida 71 241-10-65 yoki respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyat yuritmoqda, — deydi Korrupsiyani oldini olish va kurashish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Azizbek Shukurov.

Sohada budjet qonunchiligi buzilishi, korrupsiyaviy xatti-harakatlar va moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida vazirlik qoshida Situatsion markaz tashkil etildi.

Tibbiyot muassasalarida amalga oshirilayotgan har bir moliyaviy operatsiyani kuzatib borish va nazorat qilish imkonini beruvchi ushbu markaz “xarid.uzex.uz”, “xt-xarid.uz”, “Shaffof qurilish”, “UzASBO”, “DMBAT”, “registr.stat.uz” hamda boshqa axborot tizimlari va Hisob palatasining elektron ma’lumotlar bazasi asosida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, davlat tibbiyot muassasalariga yuqori malakali kadrlarni ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratilib, o‘tgan yil noyabr oyidan Buxoro viloyatida sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yangi tizim o‘zini amalda oqlagani bois 2025 yil mart oyidan respublika miqyosida to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suv va elektr uchun iste’molchilardan 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha hisoblangan'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:35

    Suv va elektr uchun iste’molchilardan 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha hisoblangan

    Raqobat qo‘mitasi tomonida "O‘ZSUVTA'MINOT" va "HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI"da nazorat ishlari olib borilmoqda.

    'Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:02

    Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi

    Shu kunlarda Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

    'Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:40

    Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

    Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina oldiga qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgan.

    'Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:30

    Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi

    Prezident tayinlovni amalga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

    'Avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:03

    Avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi

    Prezident bojxona faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    'Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 20:17

    Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi

    Hozirda qizning o‘limi sababi aniqlanmoqda.