AsosiySalomatlik

Qanday odatlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi?

Tana kasalliklarga qarshi kurasholmay qolishining oldini olish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan bir necha qoidalar bilan tanishing.

'Qanday odatlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi?'ning rasmi

Immunitet – organizmning infeksiya va bakteriyalarga qarshi tabiiy mudofaasi. Uning asosiy vazifasi tanaga kirgan mikrob va viruslarni aniqlash hamda yo‘q qilishdan iborat.Bu tizimning yaxshi ishlashi, avvalo, organizmdagi to‘g‘ri balansga bog‘liq. Biroq ba’zi hollarda immunitet pasayib, tana kasalliklarga qarshi kurasholmay qoladi. Buning oldini olish uchun esa bir necha qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq, - deyiladi SSV Matbuot xizmatining tavsiyasida.

To‘g‘ri ovqatlanish: ushbu qoida immunitetni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, S, D, E kabi vitaminlar, omega-3 yog‘ kislotalari va turli mineral hamda to‘qimalarga boy yeguliklar tananing kurashish qobiliyatini oshirish bilan birga, barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Buning uchun ovqatlanish ratsioniga sarimsoq piyoz, sabzi, lavlagi, zanjabil, brokolli, na’matak, ko‘katlar, qovoq, olma, sitruslar, asal, dengiz baliqlari, sut mahsulotlari, yog‘siz go‘sht kabi tabiiy meva-sabzavot va ozuqalarni kiritish maqsadga muvofiq.

Jismoniy faollik: doimiy harakatda bo‘lish va har kuni ertalab badantarbiya qilish immunitetni kuchaytiradi. Ayniqsa, bunda piyoda yurish, yugurish, velosiped uchish va suzish kabi sport mashg‘ulotlari juda foydali.

Toza suv ichish: suv organizm uchun juda muhim. U tanadan toksinlarni chiqarib, immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, ushbu tizimga to‘g‘ridan to‘g‘ri foydali ta’sir ko‘rsatib, tanani zaharlanishdan himoyalaydi. 

 Aksincha kam miqdorda suv ichish hujayra, to‘qima va organlar faoliyatiga salbiy ta’sir etib, immun tizimining zaiflashishiga olib keladi. Shu sababli mutaxassislar odam bir sutkada har bir kilogramm vazni uchun 40 millilitr suv iste’mol qilish lozimligini ta’kidlaydi.

Yaxshi uxlash: tiniqib uxlash immunitet tizimini mustahkamlab, organizmning tiklanishiga yordam beradi. Uyqu davomida immun hujayralari yanada samarali ishlaydi. Organizmning to‘liq dam olishi uchun katta yoshdagi insonlar har kuni o‘rtacha 7-8 soat uxlashi kerak.

Stressdan saqlanish: davomiy asabiylashish immunitetning pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ruhiy barqarorlikni saqlash juda muhim.

Gigiyenaga rioya qilish: qo‘llarni tez-tez yuvish va boshqa sanitariya qoidalarini amalga oshirish mikrob hamda viruslardan himoyalaydi.

Shuningdek, kasalliklarga qarshi vaksina olish, yomon odatlardan voz kechish ham immunitetni mustahkamlaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 25.11.2025 01:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 09:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 13:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.11.2025 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 17:07

    'Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST'ning rasmi

    Salomatlik 14.11.2025 11:31

    Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST

    O'tgan yili dunyo bo'yicha 8,3 million kishiga ushbu kasallik tashxisi qo'yilgan, ulardan 1,2 million nafari hayotdan ko'z yumgan.