AsosiyJamiyat

“Aeroflot” samolyoti havoga ko`tarilganidan so`ng ko`p o`tmay, Toshkentga qaytdi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli “Toshkent-Moskva” yo`nalishi bo`yicha qatnovchi SU1871 reysi samolyoti havoga ko`tarilganidan ko`p o`tmay O`zbekiston poytaxti aeroportiga qaytdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

A-330 layneri Toshkentdan bir soatlik ushlanishdan so`ng — jadvaldagi 4:30 o`rniga 5:35 da uchgan edi. Kutish zonasida bir doira parvozni amalga oshirgan samolyot taxminan 6:05da muvaffaqiyatli qo`ndi.

Ekipaj a`zolari parvoz punktiga qaytishga nosozlik sabab bo`lganini ma`lum qildi. Ayni paytda yo`lovchilar aeroportning kutish zonasiga etkazilgan. Parvoz vaqti 16:45 ga qoldirildi.

Boshqa yangiliklar