AQSH va Ukraina kelishuv tuzishga oz fursatlar qoldi. Bu kelishuv Vashingtonga Kiyevning tabiiy resurslaridan tushadigan daromadlaridan ulush olishga yordam beradi, ammo Ukrainaga xavfsizlik kafolatini bermaydi. The New York Times gazetasi deb xabar bergan.
Gazeta bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni muhokama qilingan kelishuvning yangi versiyasi avvalgi loyihalarga nisbatan Ukraina uchun manfaatliroq, ammo Kiyev talab qilgan xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olmaydi.
Ukraina va AQSH Ukrainadagi mineral resurslardan foydalanish bo‘yicha muhim kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Prezident Donald Trampning ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda Vashingtonga tashrif buyurib, ushbu kelishuvni imzolashi mumkin.
Ushbu kelishuv Ukrainadagi qimmatbaho va nodir minerallardan foydalanishni nazarda tutadi. AQSH Ukrainaga investitsiyalar va texnologiyalar orqali zarur infratuzilmani rivojlantirishda yordam beradi. Biroq, ayrim ukrainaliklar bu kelishuvni ekspluatatsion deb baholab, unga qarshi chiqishmoqda. Shuningdek, Ukraina tomonidan Rossiya tajovuziga qarshi xavfsizlik kafolatlarini talab qilish ham muhokama qilinmoqda.
Avvalroq, Ukraina AQSHning mineral resurslar huquqining 50 foizini olish taklifini rad etgan edi. Prezident Zelenskiy bu kelishuv Ukraina manfaatlarini yetarlicha himoya qilmasligini ta’kidlagan. Hozirda Kiyev o‘z taklifini tayyorlamoqda.
Kelishuvning muvaffaqiyatli yakunlanishi Ukraina iqtisodiyotini tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, xavfsizlik kafolatlari va milliy manfaatlarni himoya qilish masalalari hal etilishi lozim.
Abdulloh Sayyid