AsosiyJamiyat

Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi

Qonun bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

'Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi'ning rasmi

Qonunga ko‘ra, kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri bu —kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona ma’lumotlar bazasidir. 

Markaziy bank bunday shaxslarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritilish tartibini  belgilaydi. 

Shuningdek, kredit byurosi ustav fondi (ustav kapitali) ning eng kam miqdori 2 milliard so‘mni tashkil etishi kerakligi belgilandi.

Kredit byurolariga nisbatan Markaziy bank quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi:

  • kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
  • kredit byurolari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzganlik;
  • litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.

Markaziy bank mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun majburiy ko‘rsatmalar yuborish hamda BHMning 5 ming baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga haqli.

Bundan tashqari, jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.