Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz iste’molining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.
O‘tgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.
Ertaga, 6 mart kuni soat 09:00 dan e’tiboran barcha hududlarda metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi vazirligi Axborot xizmati xabarida.