Davlat soliq qo'mitasi ma'lum qilishicha, mamlakatdagi eng mashhur bloggerlardan oltitasi byudjetga taxminan 3,1 mlrd so'm soliq to'lamagani aniqlangan.
Ma'lumotga ko'ra, qo'mita 110 nafar blogger faoliyatini o'rgangan. Ulardan 55 nafari o'zini o'zi band qilgan, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, 22 nafari esa jismoniy shaxs sifatida faoliyat yuritmoqda.
2025 yilda ushbu bloggerlarning umumiy deklaratsiya qilingan daromadi 2,7 mlrd so'mni, to'langan soliq miqdori esa 110 mln so'mni tashkil etgan.
Shu bilan birga, reklama postlari va storislar tahlili asosida olti yirik blogger tomonidan taxminan 3,1 mlrd so'm soliq to'lanmagani ehtimoli qayd etilgan. Bu raqamlar dastlabki hisob-kitoblar ekani ta'kidlanmoqda.
Qo'mita bloggerlik faoliyati tadbirkorlik turiga kirishini eslatib, o'zini o'zi band qilgan shaxslar rasman xodim yollay olmasligini ham qayd etdi.
Bloggerlarga faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirish uchun uch oy muhlat berilgan.






