AsosiySIYOSAT

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolgan.

'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z maktubida Trampni boy siyosiy tajribaga ega, xalq hurmatiga sazovor davlat arbobi sifatida e’tirof etgan. Shuningdek, uning qat’iy siyosiy yetakchiligi tufayli AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va qudrati mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan.

Tabrikda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlar asosida yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etilgan.

“Bugun O‘zbekiston — AQSh aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etmoqda”, — deyiladi maktubda.

Prezident O‘zbekiston AQSh bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini bildirgan. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholashini ham ta’kidlagan.

Shuningdek, strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Tramp O‘zbekistonga tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etilgan.

Maktub yakunida Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 03:12

    Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Prezident oʻz tabrigida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va xalqlar farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi'ning rasmi

    SIYOSAT 13.06.2026 11:05

    Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi

    Bu haqda Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

    'Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 16:09

    Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi

    2025 yilda yirik tog'-kon sanoati korxonalarida raqamli yechimlar hisobiga 7,3 trillion so'm operatsion xarajatlar tejalgan va mahsulot tannarxi 9,1 foizga qisqargan.

    'Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 04:12

    Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi

    Davlat rahbari o‘z murojaatida tabiiy ofat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularning dardiga sherik ekanini ta’kidlagan.

    'Olmaliqdagi 2,7 milliard dollarlik mis loyihasi bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 02:38

    Olmaliqdagi 2,7 milliard dollarlik mis loyihasi bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari ijrosi va istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

    'O'zbekiston havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimiga o'tadi'ning rasmi

    SIYOSAT 08.06.2026 17:47

    O'zbekiston havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimiga o'tadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimot bilan tanishdi.