AsosiyJamiyat

O‘zbekiston yerlari chet elliklarga berib yuborilyaptimi?

Xalqni havotirga solayotgan xabarlarga rasmiylar izoh berdi.

'O‘zbekiston yerlari chet elliklarga berib yuborilyaptimi?'ning rasmi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yurtimiz yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani yoki sotilayotgani” haqida xabarlar keng tarqalmoqda. 

Kadastr agentligining ma’lum qilishicha, Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) talablari Yer kodeksi bilan belgilangan hamda uning 17-moddasiga muvofiq chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin. 

24-moddasiga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari ijaraga beriladi.

 "Xo‘p ijaraga bersagu xususiylashtirib olsachi, unda nima qilamiz?" - deb vahimaga tushmang.

Xavotirga o‘rin yo‘q, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari bo‘lmaydi, ya’ni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi.

"Xo‘sh agar qishloq xo‘jaligi yer bo‘lsachi? Uni xususiylashtirib oladimi?" - deb o‘zingizni qiynamang. Qishloq xo‘jaligi yerlarini hatto O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi. 

Shunday ekan, YERLARIMIZ ChЕT EL FUQAROLARIGA BЕRIB YUBORILYAPTI mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha o‘rganilmasdan chiqarilgan xabarlar, - deyiladi rasmiy xabarda.

Yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-moddasi 2 qismi hamda Jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-qismi bilan javobgarlik mavjudligi eslatilgan. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.