AsosiyDunyo

AQSH Eron, Suriya, Yaman va boshqa bir qator davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlaydi

Tramp ma’muriyati «qizil» ro‘yxatdagi mamlakatlar fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

'AQSH Eron, Suriya, Yaman va boshqa bir qator davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlaydi'ning rasmi

Tramp ma’muriyati «qizil» ro‘yxatdagi mamlakatlar fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Ushbu ro‘yxatga Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman kiritilgan. Ta’kidlanishicha, yuqoridagi davlatlardan kelgan shaxslarga Trampning birinchi prezidentlik muddati (2017-2021) davomida ham AQSHga kirish taqiqlangan edi. Bu safar ushbu ro‘yxatga Afg‘oniston ham qo‘shilishi mumkin.

«Qizil» ro‘yxatdan tashqari, “zarg‘aldoq” ro‘yxat ham joriy etiladi. Ushbu ro‘yxatdagi mamlakat fuqarolari AQSHga cheklangan turdagi vizalar orqali va qisqa muddatli mehmon sifatida kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Sariq» ro‘yxatga kiritilgan davlatlarga esa 60 kun ichida vaziyatni tuzatish imkoniyati beriladi. Ular AQSH talablarini, jumladan, pasport berish qoidalari va sayyohlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talablarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Aks holda, ular «qizil» yoki «zarg‘aldoq» ro‘yxatga kiritiladi.

Tramp o‘zining prezidentlik lavozimidagi eng birinchi ish kuni - 20 yanvarda AQSH Davlat departamentiga, «tekshirish va skrining bo‘yicha ma’lumotlari o‘ta ishonchsiz bo‘lgan davlatlarni aniqlash»ni topshirdi. Bunday davlatlarning fuqarolariga kirish qisman yoki to‘liq to‘xtatilishi mumkin. Ushbu ro‘yxat taxminan ikki hafta ichida tayyor qilinishi kutilmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 21:17

    Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi

    Ilon Maskni “ketaminli masxaraboz” deb atadi.

    'Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 11:53

    Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi

    Yun Sok Yol yanvar oyida qisqa muddatga harbiy holat joriy qilgani va isyonchilik qo‘zg‘atish ayblovlari bilan hibsga olingan edi.

    'Suriyada Asad tarafdorlari Jo‘loniy hukumatiga qarshi namoyish boshladi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 09:40

    Suriyada Asad tarafdorlari Jo‘loniy hukumatiga qarshi namoyish boshladi

    Qurbonlar bor, ikkita shaharda komendantlik soati joriy etildi.

    'Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2025 21:24

    Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi

    Bu tur ilgari hech qachon uchramagan bo‘lib, tadqiqotchilar uni "Jeholia longchengi" deb nomladi.

    'Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2025 18:24

    Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan

    AQSH prezidenti jamoasi vakillari Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko partiyasi a’zolari bilan muloqot uyushtirgan.

    'Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — JSST'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2025 12:56

    Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — JSST

    Yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinyapti.