Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi.
“Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.
Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!”.
Shunday ekan, majburiy ovoz yig‘ish, ovoz sotib olish uchun maoshingizdan ushlab qolish talablariga aslo rozi bo‘lmang.