AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishi ma'lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil iyun oyi uchun hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlashning hisoblangan qiymatini e’lon qildi.

'O'zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishi ma'lum qilindi'ning rasmi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, palov tayyorlash eng arzon hudud Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u yerda bir kilogramm palov uchun zarur mahsulotlar qiymati 105 ming 215 so‘mni tashkil etgan. Eng yuqori ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda mazkur qiymat 126 ming 807 so‘mga teng.

Hududlar kesimidagi hisoblangan qiymatlar quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 105 ming 215 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 112 ming 222 so‘m;
  • Andijon viloyati — 114 ming 625 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 116 ming 10 so‘m;
  • Namangan viloyati — 116 ming 536 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 116 ming 578 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 116 ming 675 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 117 ming 750 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 118 ming 582 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 118 ming 624 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 120 ming 548 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 120 ming 721 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 123 ming 759 so‘m;
  • Toshkent shahri — 126 ming 807 so‘m.

Milliy statistika qo‘mitasi qayd etishicha, ushbu hisob-kitoblar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar — kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, lazer guruchi, no‘xat, zira va osh tuzining o‘rtacha narxlari asosida shakllantirilgan.

Shu bilan birga, mazkur raqamlar hududlarda tayyor holda sotilayotgan bir kilogramm palovning bozor narxini emas, balki uni tayyorlash uchun ketadigan mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishi ma'lum qilindi - Darakchi.uz