1

OChL-2017 qur`asi: O`zbekiston klublari o`z raqiblarini bilib oldi

Sport 13.12.2016, 14:21
OChL-2017 qur`asi: O`zbekiston klublari o`z raqiblarini bilib oldi

Bugun, 13 dekabrda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 yilni mavsumi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Osiyoning klublar o`rtasidagi eng nufuzli turnirining kelasi yilgi mavsumida O`zbekistonning uch klubi ishtirok etadi.

O`zbekiston chempioni va O`zbekiston Kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadagi ishtirokini to`g`ridan-to`g`ri guruh bosqichidan boshlaydi. Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o`tish uchrashuvlarida qatnashadi. Qarshiliklar guruh bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishi uchun ikki raqibni mag`lub etishi kerak bo`lsa, “Bunyodkor” bir o`yinda g`alaba qozonishi zarur.

“Nasaf” musobaqadagi ishtirokini 31 yanvar kuni boshlaydi. Shu kuni ular Bahraynning “Al-Hidd” jamoasiga qarshi o`ynaydi. Bir o`yindan iborat to`qnashuv O`zbekistonda bo`lib o`tadi. Ushbu juftlik g`olibi guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun 7 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al-Fatih” klubi bilan safarda bahslashadi.

“Bunyodkor” turnirdagi ishtirokini 7 fevral kuni boshlaydi. Guruh bosqichida ishtirok etish imkonini qo`lga kiritish uchun “qaldirg`ochlar” safarda Qatarning “Al-Jaish” klubi qarshiligidan o`tishi kerak bo`ladi. Ta`kidlash kerakki, “Al-Jaish” tarkibida O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zozi – Sardor Rashidov faoliyat yuritadi.

Qur`a natijalari.

Birinchi bosqich

"Global" (Filippin) - "Tampines Rovers" (Singapur)

O`TISh BOSQIChI

G`ARB MINTAQASI

1."Al Vihdat" (Iordaniya) - "Bengaluru" (Hindiston)

2."NASAF" (O`ZBEKISTON) - "Al Xidd" (Bahrayn)

ShARQ MINTAQASI

3."Kitchi" (Gonkong) - "Xanoy TT" (Vetnam)

4."Bangkok" (Tailand) - "Johor Darul Ta`zim" (Malayziya)

5."Sukxotai" (Tailand) - "Yadanarbon" (Myanmar)

6."Brisben Roar" (Avstraliya) - birinchi bosqich g`olibi

PLEY-OFF BOSQIChI

G`ARB MINTAQASI

1."Al-Vahda" (BAA) - O`tish bosqichi 1 g`olibi

2."Al-Fotih" (Saudiya Arabistoni) - O`tish bosqichi 2 g`olibi

3."Istiqlol" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar)

4."Al-Jayish" (Qatar) - "BUNYoDKOR" (O`ZBEKISTON)

ShARQ MINTAQASI

5."Jeju Yunayted" (Janubiy Koreya) - O`tish bosqichi 3 g`olibi

6.Yaponiyaning 4-klubi - O`tish bosqichi 4 g`olibi

7."Shanxay SIPG" (Xitoy) - O`tish bosqichi 5 g`olibi

8."Shanxay Shenxua" (Xitoy) - O`tish bosqichi 6 g`olibi

"A" guruhi: "Al-Ahli" (BAA), "Lokomotiv" (O`zbekiston), "Al-Tavon" (S.Arabistoni), Pley-off 3 g`olibi

"B" guruhi: "Istiqlol Xuziston" (Eron), "Al-Jazira" (BAA), "Lahviya" (Qatar), Pley-off 2 g`olibi

"C" guruhi: "Al-Ahli" (S.Arabistoni), "Zob Ohan" (Eron), "Al-Ayn" (BAA), pley-off 4 g`olibi

"D" guruhi: "Ar-Rayyan" (Qatar), "Al-Hilol" (S.Arabistoni), "Persepolis" (Eron), Pley-off 1 g`olibi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1