Bugun Osiyo chempionlar ligasi-2017 guruh bosqichiga qur`a tashlandi va "Lokomotiv"ning raqiblari ma`lum bo`ldi. Qur`a borasida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o`z fikrlarini bildirdi.
- Guruh biz kutgandek bo`ldi deya olaman. Qur`a natijalaridan ko`nglim to`ldi. O`tgan mavsum biz uchun omadli keldi. Osiyo chempionlar ligasida yaxshi o`yin ko`rsatdik. Mavsum so`nggida O`zbekiston Kubogi va chempionlikni qo`lga kiritdik. Keyingi mavsumda ham yaxshi natijalarni qo`lga kiritishga harakat qilamiz.
- Raqiblar haqida gapiradigan bo`lsam, “Al Ahli” boshqalardan kuchli ko`rinmoqda. Boshqa klublarning hozirgi holati qandayligini guruh bosqichi boshlangunga qadar o`rganib chiqamiz. Biz raqiblardan qo`rqmaymiz. Ular bizdan qo`rqsin.