1

Baxtiyor Boboev: “Al-Jaish” bilan bahsda ijobiy natijaga umid qilamiz”

Sport 13.12.2016, 18:00
Baxtiyor Boboev: “Al-Jaish” bilan bahsda ijobiy natijaga umid qilamiz”

Ma`lumki, bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2017 yilgi OChL bahslariga qur`a tashlandi.

Marosimda “pley-off”da kuch sinashadigan juftliklar nomlari ham e`lon qilindi. Unga ko`ra, “Bunyodkor” guruh bosqichiga yo`llanma olish uchun 7 fevral kuni Qatarning “Al-Jaish” klubi bilan safarda kuch sinashadi.  Qur`a marosimidan so`ng “Bunyodkor” FK bosh direktori Baxtiyor Boboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- “Al-Jaish” bizga yaxshi tanish. Jamoa tarkibida bizning tarbiyalanuvchimiz Sardor Rashidov to`p tepmoqda. Shu boisdan ham “Al-Jaish” o`yinlarini muntazam kuzatib boramiz. Qatarliklarga qarshi avval ham to`qnash kelganmiz. Raqib kuchli, shu boisdan ham o`z chempionatida peshqadamlik qilmoqda. “Bunyodkor”da ham xalqaro tajribalir yildan-yilga ortib borayotgan, shijoati kuchli bo`lgan yoshlar harakat qilishmoqda.

Bundan avvalgi ikkita mavsumda ham “Bunyodkor” kurashga “pley-off”dan qo`shilib, guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritgan edi. Odimizda turgan ushbu bahsga munosib tayyorgarlik olib boramiz. Umid qilamanki, guruh bosichida ishtirok etish an`anamizni davom ettirgan holda avvalgi mavsumlardagidan yaxshiroq natija ko`rsatishga harakat qilamiz, - deydi Baxtiyor Boboev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1