AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq shoshilinch ogohlantirish e’lon qilindi

Bunga 20-25 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.

'O‘zbekistonda ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq shoshilinch ogohlantirish e’lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 20-25 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Shu tufayli tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar