AsosiyJINOYAT

AQSh va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi

Bu xizmatlar evaziga 22 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

'AQSh va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi'ning rasmi

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marta sudlangan shaxs poytaxtlik 24 yoshli fuqaroning ishonchiga kirgan. U mansabdor tanishlari orqali fuqaroni AQShga ishchi vizasi asosida yuborish va barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Bu xizmatlar evaziga 22 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shunga o‘xshash holat Andijon viloyatida ham aniqlangan. Izboskan tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs asakalik 26 yoshli fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, buning uchun 6 ming dollar so‘ragan. U oldindan 3 ming dollar olgan vaqtida DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida mazkur shaxs avval ham boshqa bir fuqarodan Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish va’dasi bilan pul olgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiy chegarasida noyob yo‘lbarsimon bo‘g‘ma ilon to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 05:30

    Navoiy chegarasida noyob yo‘lbarsimon bo‘g‘ma ilon to‘xtatib qolindi

    Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    'Andijonda mansabdorlar bilan bog‘liq ikki korrupsiya holati fosh etildi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 03:42

    Andijonda mansabdorlar bilan bog‘liq ikki korrupsiya holati fosh etildi

    Andijonda mansabdorlar 30 million so‘m pora olayotgan vaqtda ushlandi.

    ''ning rasmi

    JINOYAT 12.06.2026 13:10

    'Toshkentda 10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    JINOYAT 10.06.2026 02:46

    Toshkentda 10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda kannabis yetishtirgan, Xorazmga esa opiy olib ketayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 08.06.2026 05:09

    Toshkentda kannabis yetishtirgan, Xorazmga esa opiy olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Navoiyda shubhali ko‘ringan erkakning yonidan marixuana, hovlisidan zahriqotil topildi'ning rasmi

    JINOYAT 08.06.2026 04:22

    Navoiyda shubhali ko‘ringan erkakning yonidan marixuana, hovlisidan zahriqotil topildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.