AsosiyJAMIYAT

Toshkentda investitsiya forumi sabab 3 kun ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Qayd etilishicha, haydovchilar uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi.

'Toshkentda investitsiya forumi sabab 3 kun ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi'ning rasmi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan 16–18 iyun kunlari poytaxtning ayrim yo‘nalishlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Cheklovlar Islom Karimov ko‘chasi: Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasigacha va Yangi O‘zbekiston ko‘chasi: Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan Yangi O‘zbekiston va Istiqlol ko‘chalari chorrahasigacha hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash hududda: Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan, so‘ngra Abdulla Qodiriy va Xurosaroy ko‘chalari bo‘ylab Xurosaroy va Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi. 

Qayd etilishicha, haydovchilar uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi. Favqulodda va tezkor xizmatlar transport vositalariga esa harakatlanishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, forum kunlarida yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi taqiqlanib, ular viloyatning aylanma yo‘llari orqali harakatlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sun'iy intellekt yordamida yangi avlod dorilar yaratiladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:48

    Sun'iy intellekt yordamida yangi avlod dorilar yaratiladi

    Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan seminarda sun’iy intellekt yordamida yangi avlod dorilarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

    'So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:31

    So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi

    Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

    'Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:52

    Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

    Adliya vazirligi ma'lumotiga ko'ra, geografik ko'rsatkich maqomi Chust oshi nomi va uning an'anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish imkonini beradi.

    'Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:28

    Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi

    Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

    'Turkiyada YTH: o‘zbekistonlik kelin va uning oilasi halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:25

    Turkiyada YTH: o‘zbekistonlik kelin va uning oilasi halok bo‘ldi

    İstanbul shahrida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan yengil avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, uning turmush o‘rtog‘i va 2 oylik chaqalog‘i halok bo‘ldi.

    'Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:13

    Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.

    Poytaxtdagi yirik investitsiya sammitida jahon kompaniyalari 42 trillion dollarlik kapital bilan ishtirok etmoqda.