O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga uning partiyasi parlament saylovida g'alaba qozongani munosabati bilan tabrik maktubi yo'lladi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati ma'lum qildi.
Maktubda qayd etilishicha, saylov natijalari arman xalqi tomonidan Pashinyan olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga, shuningdek Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarga bildirilgan ishonchning tasdig'i sifatida baholangan.
O'zbekiston Prezidenti ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik kelgusida yanada kengayishiga ishonch bildirgan.
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanga sihat-salomatlik, muvaffaqiyatlar, Armaniston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.
Shuningdek, siyosatshunoslar Armaniston hukumati saylov orqali o'zining geosiyosiy yo'nalishini davom ettirish uchun xalq mandati olganini ta'kidlamoqda.






