Angliya chempionati 16-tur ilk o`yinida "Arsenal" jamoasi safarda "Everton" klubi mehmoni bo`ldi. "Gudison Park" stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochgan bo`lsa, 44-daqiqada Sheymus Koulmen muvozanatni tikladi. O`yindagi hal qiluvchi golni 86-daqiqada Uilyams kiritdi.
"Everton" – "Arsenal" 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Sanches, 1:1 – 44 Koulmen, 2:1 – 86 Uilyams.
"Everton" – Stekelenburg, Jagelka, Beyns, Koulmen, Uilyams, Makkarti (Funes Mori, 90), Guye, Barkli, Lennon (Miralyas, 68), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 79), Lukaku.
"Arsenal" – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen (Ivobi, 71), Koklen (Peres, 88), Uolkott (Jiru, 71), O`zil, Sanches, Jaka.
Ogohlantirishlar: Jagelka (18), Makkarti (42), Koselni (84).
Chetlatish: Jagelka (90).