AsosiyJamiyat

Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarni ogohlantirdi

Turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani munosabati bilan o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

'Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarni ogohlantirdi'ning rasmi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi shaharda turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani munosabati bilan o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Dipmissiyamiz ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Xavfsizlik choralari:

  • Norozilik namoyishlari, mitinglar va ommaviy yig‘inlardan uzoq turing;
  •  Odam gavjum joylarga bormang, harakatlanish yo‘nalishingizni oldindan rejalashtiring;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qiling, provokatsion xabarlarni joylashtirmang va tarqatmang;
  • Faqat rasmiy manbalarga ishoning va vaziyat bo‘yicha yangiliklarni kuzatib boring;
  • Favqulodda holatlarda Bosh konsulxona bilan bog‘laning.

    Boshqa yangiliklar