AsosiyJamiyat

Farg‘onada 48 yoshli fuqaro quduq tubida qolib ketgan

Erkak 40 metrli quduqdan qutqarib olindi.

'Farg‘onada 48 yoshli fuqaro quduq tubida qolib ketgan'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 40 metrli quduqqa tushib qolib ketgan fuqaro qutqarildi. 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Farg‘ona tumani, Sohibkor ko‘chasidagi uylarning hovlisida chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqda ishlayotgan, 1977 yilda tug‘ilgan X.D. o‘zining shaxsiy elektr libyotkasi ishlamay qolishi oqibatida quduq tubida qolib ketgan.

Shundan keyin zudlik bilan FVBga yordam so‘rab murojaat qilingan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro qutqarib qolingan. Tan jarohati olmagan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, salomatligi yaxshi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar