AsosiyJamiyat

Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

23 mart kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidrometning xabariga ko‘ra, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar