1

Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 tashkiliy masalalari bo`yicha OFK seminarlari o`tkazildi

Sport 14.12.2016, 12:38
Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 tashkiliy masalalari bo`yicha OFK seminarlari o`tkazildi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi Osiyo Chempionlar Ligasi va OFK kubogining kelasi mavsumining tashkiliy masalalariga bag`ishlangan seminarlarini o`tkazdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Kuala-Lumpur shahrida o`tkazilgan bir necha bosqichli o`quv kurslarida Konfederasiyaga a`zo mamlakatlar federasiyalari vakillari, mahalliy ligada faoliyat ko`rsatadigan hodimlar, Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogining keyingi yilgi mavsumida ishtirok etadigan klublar vakillari ishtirok etdi.

Shu qatorda O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda O`zPFL vakillari musobaqani tashkiliy masalalar, marketing, matbuot bilan ishlash, tibbiy masalalar bo`yicha seminarlarda ishtirok etdi. Shuningdek, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” hamda “Nasaf” vakillari ham maxsus kurslar va qur`a tashlash marosimida qatnashishdi va kelasi yili ushbu musobaqalarda ish olib borish uchun zarur bo`lgan maxsus sertifikatlarga ega bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1