Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 032,2 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga tashrif buyurgan:
Qirg‘iz Respublikasi – 422 572 nafar;
Tojikiston – 193 348 nafar;
Qozog‘iston – 154 716 nafar;
Saudiya Arabistoni – 81 173 nafar;
Rossiya – 48 029 nafar;
Turkiya – 33 039 nafar;
BAA – 31 787 nafar;
Misr – 11 078 nafar;
Tailand – 10 803 nafar;
Vetnam – 7 876 nafar;
Boshqa davlatlar – 37 740 nafar