Xabarga ko‘ra, hozircha kuchli zilziladan so‘ng jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.
“Mahalliy vaqt bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, Bangkokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan 28 mart kuni Tailandda ro‘y bergan kuchli zilziladan so‘ng jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona Tailandning tegishli idoralari bilan aloqada va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shuningdek, Tailanddagi o‘zbekistonliklarga yordam kerak bo‘lsa, +66 2 675 3995 telefon raqamiga bog‘lanishi mumkinligi bildirilgan.