AsosiyJamiyat

Namanganda 4 yoshli bola gugurt o‘ynab, yong‘b ketdi

Bolakay yerto‘lada 2 nafar qarindoshi bilan o‘tin va xashaklarni yoqishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

'Namanganda 4 yoshli bola gugurt o‘ynab, yong‘b ketdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Namanganda 3 nafar qarindoshlar yerto‘laga tushib, o‘tin va xashaklarni yoqishgan. Oqibatda yerto‘lada yong‘in yuzaga kelgan. Mazkur holat joriy yilning 23 mart kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, yerto‘lada olov ichida qolgan bolalarning 2 nafari 2021 yilda, yana biri 2017 yilda tug‘ilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar bolakay deraza orqali qutqarib qolingan. Vafot etgan bolakayning jonsiz tanasi esa bobosi tomonidan topilgan.

Shifokorlarning yordami sabab 2 nafar bolaning hayoti saqlab qolingan. Tuman tibbiyot birlashmasining xulosasiga ko‘ra, tirik qolgan bolalar yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, oyoq va son qismlaridan kuyish jarohatini olgan.

Marhumning vafotiga esa tananing 100 foiz qismi 4- darajadagi kuyish oqibatida yuzaga kelganligi, tana qismlarida to‘liq kuyish jarohati ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan marhum bolaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, uning xonadonida sodir bo‘lgan yong‘in sababini aniqlash uchun yong‘in texnikaviy ekspertizasi tayinlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar